Aynura AQSHning "Ivy Ligasi"ga aʼzo oliygohiga qabul qilingan ilk qoraqalpogʻistonlik

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

Aynura AQSHning "Ivy Ligasi"ga aʼzo oliygohiga qabul qilingan ilk qoraqalpogʻistonlik 

Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynura Erejepbaeva AQShning "Ivy Ligasi"ga aʼzo Dartmouth oliygohiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. 

384 480 AQSh dollari miqdorida ajratilgan grant o‘quv, yotoqxona, viza, yo‘l xarajatlari va stipendiyani oʻz ichiga oladi.

Ma'lumot uchun, "Ivy Liga"si AQShning eng nufuzli xususiy universitetlarini oʻz ichiga olgan.  Bugungi kunda unga Dartmouth oliygohidan tashqari, Garvard, Brown, Kolumbiya, Cornell, Princeton, Pensilvaniya, Yale universitetlari aʼzo hisoblanadi. Mazkur oliygohlar jahonning TOP-5, TOP-20 reytingiga kirgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!