Aziz yurtdoshlar

 

Aziz yurtdoshlar,

Muhtaram ustozlar,

Hurmatli ota-onalar,

Aziz farzandlarimiz!

Goʻzal diyorimiz Oʻzbekiston xalqiga oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yana-da mustahkamlab kelayotgan Ramazon Hayiti qutlugʻ kelsin!

Vatanimiz yana-da obod, xalqimiz farovonligi ziyoda, yoshlarimiz kelajagi porloq boʻlsin. Umidvor har kimsaning qilgan duolari ijobat boʻlib, xonadonlaringizdan mehr-muhabbat, oʻzaro hurmat va tinchlik arimasin!

Roʻzai Ramazon qalblarimizga olib kirgan saxovat, iymon, eʼtiqod, bagʻrikenglik hech qachon hech birimizni tark etmasin.

Ayyomingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

Sarvar Babaxodjaev,
Agentlik direktori