"BAHOR MALIKASI-2025" TANLOVI OʻTKAZILDI

#tanlov

 Nukus shahridagi Prezident maktabida "Bahor malikasi - 2025" tanlovi boʻlib oʻtdi. 

Mazkur tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar oʻquvchi qizlari ishtirok etib, bilimdonlik, ijodkorlik va sahna madaniyati kabi shartlar  boʻyicha oʻzaro bellashdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra: 
1-oʻringa Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Roksana Turdiboyeva;
2-oʻringa Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Ruxsora Safarbayeva;
3-oʻringa Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Gulnur Abdullayeva munosib deb topildi.

Tanlov gʻolib va sovrindorlari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.