Birinchi bosqichdan o'tgan talabgorlari bilan online uchrashuv


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni saralab olish maqsadida Agentlik tomonidan tashkil etilgan tanlovning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.  Ushbu bosqichda job.piima.uz sayti orqali topshirilgan arizalar belgilangan talablar asosida  tanlab olindi.

Bugun Zoom orqali mazkur bosqichdan o‘tgan talabgor o’qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda Prezident maktablarida o‘qitish tizimi, ustozlarga qo‘yiladigan talablar hamda o‘quvchilarning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan talabgorlarga batafsil ma’lumot berildi. O‘tkazilgan uchrashuv pedagoglar uchun samarali va foydali bo‘ldi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, shu va shu kabi  xabarlar doimiy tarzda PIIMA ustozlari (https://t.me/piimaustoz) telegram kanalida yoritib borilmoqda.