Bitiruvchilarimizga Koreyaning nufuzli oliygohi 100 foizlik grant ajratadi


        
Nukus, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari bitiruvchilari Allaberdi Zinxaydarov hamda Jaloliddin Abdumoʻminov Koreya Respublikasining Ulsan fan va texnologiya instituti – UNISTga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi. 

Maʼlumot oʻrnida, 
Allaberdi Zinxaydarov IELTSdan 8.0, SATdan 1500 ball;
Jaloliddin Abdumoʻminov IELTSdan 7.5, SATdan 1510 ballik natijalarga ega. 

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!