"Biz - Amir Temur avlodlari" nomli musoboqa o'tkazildi

Joriy yilning 6-aprel sanasida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5 muhim tashabbusning 2-tashabbusi yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida hamda 9-aprel buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlab “Biz – Amir Temur avlodlari” nomli sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu sport musobaqasida 6,7,8,9-sinf o‘quvchilari sportning Volleybol hamda Qo‘l to‘pi turlari bo‘yicha musobaqalashdilar. Dastlab 6 va 7-sinflar o‘quvchilari sportning volleybol turidan musobaqalashdilar. O‘yinda 6-sinf o‘quvchilarining qo‘li baland keldi. So‘ngra maydonda 8 va 9-sinf o‘quvchilari bellashdilar.

Bu o‘yinda 9-sinf o‘quvchilari g‘alabaga erishishdi va 6-sinf o‘quvchilari bilan finalda baxslashadigan bo‘lishdi. Sportning qo‘l to‘p turi bo‘yicha ham barcha sinf jamoalari musobaqalashishdi. Dastlab 6 va 7-sinf o‘quvchilari so‘ngra 8 va 9-sinf o‘quvchilari g‘oliblik uchun kurashishdi. Yakunda 7 va 9-sinflar jamoalari finalga chiqishdi.Final ancha qiziqarli va kutilmagan vaziyatlarga boy bo‘ldi. Sportning volleybol turi bo‘yicha finalda kutilmaganda 6-sinf o‘quvchilari 9-sinf jamoasini finalda yengishdi, qo‘l to‘pi turi musobaqsida esa 7-sinf jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritishdi.