Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida endilikda saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi (https://t.me/newuzbekistanuniversity/1962).
📍 Abituriyentlar o'zlariga yaqin bo'lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 13 ta Prezident maktabida shuningdek, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.
📌 Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang.
❗️Hozirgi kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.
📩 Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form
🗓 Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida o‘tkaziladi.