Bizning shunday o'quvchilarimiz bor (Video)

Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar orasida bir-biridan iqtidorli yoshlar ko'p. Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Abdurahmonova shulardan biridir. (Video)

U  dunyoning TOP 30 taligiga kiradigan AQSHning Cornell Universitetida o'tkazilgan arxitektura bo'yicha "Summer program" hamda  Barselona shahrining Llorett de Mar shahrida bo‘lib o'tgan ijodiy yo‘nalishdagi festival g‘olibidir. Shahrizoda, shuningdek Toshkent shahrida bo'lib o'tgan matematika fani bo'yicha bilimlar bellashuvida 3-o'rinni qo'lga kiritgan.

U dunyo reytingida 124-o'rinda turuvchi AQSHning Arizona universiteti xalqaro munosabatlar yo'nalishiga o'qishga qabul qilingan. 

Shahrizoda matematika, xalqaro munosabatlarga qiziqishdan tashqari, dizayn yo'nalishida ham o'zini sinab ko'rgan.  U o'zining "Shahriym collection" brendiga asos solgan, mazkur kolleksiyadagi kiyimlar u chizgan dizayn asosida yaratiladi.