Bolalar ijodidan namuna: Ko‘klam shukuhini uyg‘otgan tonglar

***

Salomim aytadi quvnoq qushchalar,
Qo‘shig‘in kuylaydi bunda har taraf.
Baxt – u quvonchlarni hadiya etgan,
Tabiatga sharaf, himmatga sharaf.

Sokin musiqadan zavq oladi tong,
Hovurin ayamay sochar quyoshjon.
Bu nurli damlarda jonbahshi kunda,
“Sumalak pishirar ahli musulmon.”

Ijodning sehriga oshiq shabboda,
Yugurib yeladi bong uradi bong.
Qaytadan tug‘ilar borlig‘ va hayot,
Ko‘klam shukuhini uyg‘otganda tong.  


✍️ Fazliddin G‘ulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7 – sinf o‘quvchisi