Botir Zokirovni yod etib

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi  “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarda turli tadbir va musiqiy-badiiy kechalar tashkil etildi. 

Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sultonmurodov Muhammadamin O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov siymosini gavdalantirdi. 

Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nazarova Asal ijrosida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosi orqali Botir Zokirovni xotirladi.

Botir Zokirovning dilrabo qo‘shiqlari barchani o‘ziga rom etib kelgan. Uning ijrosidagi ko‘plab qo‘shiqlar yillar o‘tsa-da, hamon sevib tinglanadi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi 6-sinf o'quvchisi Shavkatjon Qodirov ham O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijrosidan ilhomlanib, "Umid" nomli qo‘shig‘ini ijro etdi. Shuningdek, ushbu diltortar taronaga maktab o'quvchilari videolavha tayyorlash.

Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkorning xotirasi qalblarda abadiy muhrlangan.