Botir Zokirovning ijodi o'quvchilar ijrosida (Video)

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 6- sinf o'quvchisi Ibrohim Tolipov Botir Zokirov xotirasiga bag'ishlab xonandaning mashhur qo'shig'ini kuyladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatini oshirish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida turli tadbir va musiqiy-badiiy kechalar tashkil etildi.