BTIRUVCHIMIZ MALAYZIYADA OʻQISHNI BOSHLADI

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

Agentlik tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Alisher Ahatjonov Malayziyaning nufuzli universitetida oʻqishni boshladi.

Alisher 2023/2024-oʻquv yilida “City University Malaysia”ning toʻliq grantini qoʻlga kiritgan edi. Hozirda u ushbu xorijiy oliygohda axborot xavfsizligi yoʻnalishida bilim olmoqda.

Bitiruvchimiz tanlagan sohasi boʻyicha zamonaviy bilim va malakalarni egallab Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishni maqsad qilgan.