Bugun, 28–dekabr O‘zbekiston Qahramoni ERKIN VOHIDOV tavallud topgan kun 

 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Farg‘ona viloyati hamda Marg‘ilon shahar hokimligi, hamkorligida Margʻilon shahar Ijodkorlar bogʻida Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Farg‘ona viloyat va Marg‘ilon shahar hokimligi, Milliy gvardiya, Sharqiy harbiy okrug yozuvchi shoirlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ulug‘ shoir haykali poyiga ehtirom ramzi sifatida gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida o‘tkazildi. Erkin Vohidov memorial muzeyi xodimlari tomonidan sahna ko‘rinishi tashkil qilishdi.