Bugun Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham so'nggi qo'ngiroq jaranglamoqda.

 

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari Davlatimiz Rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘quvchilarga yetkazish bilan boshlandi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbiri badiiy chiqishlarga boy holda o'tdi. Tadbir so'nggida o'quvchilarning ota-onalari so'zga chiqib, barcha bitiruvchilani samimiy tabriklashdi.  

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida  ham bugun so'nggi qo'ng'iroq jarangladi. Tadbirda bitiruvchilarga iliq tilaklar bildirildi hamda iqtidorli o'quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. 

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbirida  Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ham ishtirok etdi.  Unda 10-sinf o‘quvchisi Visola Tursunovaning “Kapalakka maktub” to‘plami taqdimoti o'tkazilib, Visola hokimning 10 000 000 so'mlik gonorarini qo'lga kiritdi.