Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Prezident maktabida

Bugun Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Azat Badranov Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi. Mehmonlarni Agentlik direktori Hilola Umarova kutib oldi.

Azat Badranov yurtimizda ta’limga qaratilayotgan e’tiborni hamda Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etdi.

- “Prezident maktablari konsepsiyasi, ayniqsa ularning barcha viloyatlar markazida bir xil loyihada tashkil etilganligi, bu yerdagi muhit hamda yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Men yana Prezident maktablaridagi ta’lim dasturlari xorijiy yetakchi ta’lim dasturlar bilan integratsiyalashtirilganini e’tirof etmoqchiman. Bu o'quvchilarning xorijiy tajribani o‘rganish bilan bir qatorda milliy qadriyatlar ruhida kamol topishida alohida ahamiyatga ega”, dedi Azat Badranov.

Mehmonlar uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.