Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari Xalqaro kongress markazida taʼlim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishib, sohadagi islohotlar haqida murojaat qiladi. Maktab o‘qituvchilari bilan norasmiy muhitda muloqot qiladi.