Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Jumladan:

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida yangi oquv yili "Yangi Ozbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Men Yangi Ozbekiston farzandiman" mavzusidagi mustaqillik darslari bilan boshlandi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mustaqillik darslarida Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-oqituvchilari ishtirok etishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham “Yangi Ozbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Ozbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari va “Men Yangi Ozbekiston farzandiman” shiori ostida yangi 2022-2023-oquv yilining ilk kunida mustaqillik darsi tadbirlari bolib otdi. 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Birinchi qongiroq” tadbirida faxrli mehmonlar,  ustoz-murabbiylar, ota-onalar va oquvchilar ishtirok etdi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Birinchi qongiroq" tadbiri doirasida  Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat bolimi masullari ijod maktabiga tashrif buyurib, 8 jilddan iborat bolgan kitoblar toplamini oquvchilarga taqdim etishdi.