Chavandozlik darslari davom etmoqda

 Joriy yilning 14-oktabr kuni Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari yoshlarni sportning ot sporti va kamondan otish turlariga qiziqtirish hamda keng jalb etish maqsadida mahorat darslari o‘tildi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10-11 sinf o‘quvchilariga murabbiylar va xodimlar tomonidan ot bilan muomala qilish va otni parvarishlash sir-asrorlarini o‘rgatildi hamda kamon otish usullari va xususiyatlari, qo‘shimcha jihozlari borasida aniq tushunchalar berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar kamondan otish bo‘yicha qanchalik kuchga ega ekanliklarini sinab ko‘rdilar.

Bu kabi qiziqarli mahorat mashg‘ulotlari kelgusida bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda kamondan otish sporti bilan muntazam shug‘ullanishiga zamin yaratishi shubhasiz.