#xalqaro_hamkorlik
#CIS
Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.
Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.
Avvalroq, (https://t.me/piimauz/20817) Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.