Bugun,18-aprel kuni fizika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi.
Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun fizika, biologiya fanlari uchun 4 soat, Informatika va axborot texnologiyalari fani uchun 5 soat vaqt beriladi. O 'quvchilarning yozgan ishlari hakamlar hay'ati tomonidan tekshiriladi va natijalar shu kunning o‘zidayoq e'lon qilinadi.
Ushbu saralash bosqichiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablardan 13 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.