Prezident maktablarining o‘quv metodikasi

 Agentlikka doir qaysi mavzu aholini ko‘proq qiziqtirishi haqida  so‘rovnoma o‘tkazgan edik. Qatnashuvchilarning  64 foizini “Prezident maktablarining o‘qitish metodikasi” qiziqtirarkan.  Quyida shu haqida:

 Prezident maktablarida xalqaro standartlarga muvofiq Cambridge o'quv dasturi orqali darslar olib boriladi.  Albatta, bunda milliy o'quv dasturi bilan ham uyg‘unlik  inobatga olingan.  Darsda o’qituvchining emas, balki o‘quvchining faolligi, dars markazida bo‘lishi muhim. O‘quvchi dars davomida shunchaki tinglovchi bo‘lib qolmaydi, balki u asosiy ishtirokchidir.

Mazkur dastur  amaliy mashg‘ulotlar va savol-javobga asoslangan jarayonlar bilan kengroq boyitilgan.  O‘qituvchi har bir o'quvchining individual ehtiyojidan kelib chiqib dars jarayoniga yondoshadi.

Bundan tashqari, Prezident maktablari o‘quv dasturi  bilimni shunchaki xotirada saqlab qolish emas, balki  fikrlash va  tahlil qila olish qobiliyatini ham shakllantirishni ko‘zda tutadi.