Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda sinov testi o‘tkazildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-mart kuni Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda sinov testi o‘tkazildi. Test jarayonlariga o‘quvchilarning ota-onalari ham taklif etildi. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalari tekshirildi.

Bu kabi testlarning tashkil etilishi o‘quvchilarda kelgusida bo’ladigan test jarayonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tish ko‘nikmasini shakllantiradi, shu bilan birga  bilimlaridagi kamchiliklarni aniqroq anglab olish va e’tiborlarini shu jihatga qaratishlarida ham ko’makchi bo‘ladi.