"RAQAMLI AVLOD" JAMOASI TOSHKENT SHAHRIDAGI 22-SONLI MEHRIBONLIK UYIDA

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT tomonidan Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyida "Raqamli avlod" loyihasi doirasida "Microsoft Hour of Code" va robototexnikaga bag'ishlangan IT-tadbiri bo'lib o'tdi.

IT tadbiri davomida, jumladan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Hour of Code" va robototexnika bo'yicha maxsus mahorat darslari va seminarlar o'tkazildi.

Tadbir doirasida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi  tomonidan  Agentlik direktori Hilola Umarovaga "O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Ma'naviy-Ma'rifiy ishlar a'lochisi" ko'krak nishoni topshirildi va yosh avlodga bilim berishdagi xizmatlari alohida ta'kidlandi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilarga Microsoft sertifikatlari, shuningdek “Raqamli avlod” jamlanmasi taqdim etildi.