Diqqat, e`lon!

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi o’qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi.

O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod  va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi  Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg’ona, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Andijon va Nurafshon shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga quyidagi fanlar bo’yicha o’qituvchilarni ishga taklif etadi:

Fan o’qituvchilari:
-Ona tili va adabiyoti
-Rus tili
-Ingliz tili
-Kompyuter ta'limi
-Fizika va astronomiya
-Geografiya va iqtisod
-Jismoniy tarbiya
-Tasviriy san’at va chizmachilik
-Musiqa madaniyati
-Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik
- Tarbiya
- Tarix 
- Kimyo
-Biologiya
-Matematika
- Texnologiya

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

Birinchi bosqich – nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni tanqidiy ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qilish;
Ikkinchi bosqich – fan bo‘yicha (o‘qituvchilar uchun) bilimlarni tekshirish va suhbat.

️Malaka talablari:
•  Oliy pedagogik ma’lumot yoki tegishli yo‘nalishdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
•  kamida ikkinchi malaka toifasiga ega boʼlishi;
•  oʼquv fanining ilmiy-nazariy asoslari va tarixi, dars oʼtish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
•  bolalar bilan kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
•  oʼquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllay olishi;
•  yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega boʼlishi;
•  ilgʼor xalqaro pedagogik tajribadan xabardorligi;
•  «STEAM — ta’lim» dasturiga kiradigan matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika fan oʼqituvchilari ingliz tilini B2 darajasida bilishi.

Shuningdek: 
•  «STEAM — ta’lim» dasturi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi (majburiy emas);
•  xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qiganligi yoki ish tajribasi mavjudligi (majburiy emas);
•  oxirgi 5 yil davomida fan olimpiadalari, koʼrik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qoʼlga kiritganligi maqsadga muvofiq.

Arizalar 2021 yil 30 iyungacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov qatnashchilari ma’lumotnoma-ob’ektivkani va bog’lanish uchun telefon raqamlarini  quyidagi elektron manzillarga yuborishlari so‘raladi:
z.kim@piima.uz,  d.ubaydullayeva@piima.uz