Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Science va Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiada savollarini tayyorlash bo'yicha tanlov e'lon qilinadi.
Ekspert o'qituvchilarga quyidagilar talab etiladi:
-Xalqaro olimpiadalar tajribasiga ega bo'lishi;
-Xorijiy tillarini bilishi (Ingliz tili yoki Rus tili);
-Xalqaro va mahalliy olimpiada savollarini tayyorlash ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim.
Fanlar kesimida quyidagi savollar va ularning yechimlari tayyorlanishi talab qilinadi:
-Matematika fanidan 5-6-7-8-9-10-11-sinflar kesimida har bir sinfga
*test (30 ta shundan 10 ta oson, 10 ta o'rta va 10 tasi qiyin) 15 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos test, 15 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos test bo'lishi lozim.
*yozma ish (5 ta shundan 2 ta oson, 2 ta o'rta va 1 tasi qiyin) 3 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos , 2 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos bo'lishi lozim.
-Fizika, Kimyo va biologiya fanlaridan 8-9-10-11-sinflar kesimida har bir sinfga
*test (30 ta shundan 10 ta oson, 10 ta o'rta va 10 tasi qiyin) 15 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos test, 15 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos test bo'lishi lozim.
*yozma ish (5 ta shundan 2 ta oson, 2 ta o'rta va 1 tasi qiyin) 3 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos , 2 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos bo'lishi lozim.
*laboratoriya ishi 1 ta (maktab jihozlari va kerakli laboratoriya ta'minotidan kelib chiqib tayyorlanadi)
Science fanlaridan 5-6-7-sinflar kesimida har bir sinfga
*test (30 ta shundan 10 ta oson, 10 ta o'rta va 10 tasi qiyin) 15 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos test, 15 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos test bo'lishi lozim.
*yozma ish (5 ta shundan 2 ta oson, 2 ta o'rta va 1 tasi qiyin) 3 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos , 2 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos bo'lishi lozim.
-Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-6-7-8-9-10-11-sinflar kesimida har bir sinfga
*test (30 ta shundan 10 ta oson, 10 ta o'rta va 10 tasi qiyin) 15 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos test, 15 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos test bo'lishi lozim.
*Dasturlash (coding) (7 ta shundan 2 ta oson, 2 ta o'rta va 3 tasi qiyin) 4 tasi - mahalliy olimpiadalarga xos , 3 tasi - xalqaro olimpiadalarga xos bo'lishi lozim.
Arizalar 12-aprelga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
Telefon: +998 71 207 2017 (ichki raqam: 171-172)
E-pochta: info@piima.uz