Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat,  yuksak insoniy fazilatlar  ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida  “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. 

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi: 

1-yo‘nalish: Nazm (shoir she’rlariga nazira bog’lash).

2-yo‘nalish: Nasr (Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar,  Word, Times New Roman,12 shrift shaklida). 

3-yo‘nalish: Badiiy publitsistika (essе yozish, shoir she’ridan tahliliy maqola Word, Times New Roman,12 shrift shaklida). 

Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari  tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi. 

Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi: 

 1)+998979907409

 2)+998911699820

Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovda to‘qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblariga: 

1-o‘rin - (3 yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom; 

2-o‘rin -  (3 yo‘nalishda)  kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom; 

3-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi. 

Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbir doirasida taqdirlanadilar.