ENERGETIKA VAZIRLIGI VAKILLARI AL-XORAZMIY MAKTABIDA

Prezident tomonidan ta’lim mavzusida o‘tkazilgan video-selektorda viloyat hokimlari, vazirlar va yirik tarmoqlar rahbarlarining o‘quvchilar bilan uchrashib, islohotlarning mazmun-mohiyatini tanishtirib borishga mas’ulligi belgilab qo‘yilgandi.  

Mazkur qaror ijrosi doirasida bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Energetika vazirligi vakillari, xususan Energetika vaziri maslahatchisi Temur Jo'rabekov va vazirlik Yoshlar yetakchisi Xolisaxon Nuriddinova  ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar so'zga chiqib, energetika sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida yoshlarga ma'lumot  berishdi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.