"English for STEM teachers" onlayn kursi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 3 bosqichli tanlovdan muvaffaqqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Jumladan, “English for STEM teachers” onlayn kursi biologiya, matematika, fizika, informatika, kimyo kabi fanlarni ingliz tilida o‘qitish bo‘yicha pedagoglarga katta yordam beradi.

Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur o‘quv kurslari xorijiy mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. STEM fanlari bo‘yicha AQShlik mutaxassis, professor Michele Guddy  mahalliy pedagoglarimizga  ushbu fanlar yuzasidan zaruriy jihatlarni o‘rgatib boradi.  

Agentlik bu kabi o‘quv kurslari va treninglar orqali yangi o‘quv yilida dars beradigan pedagoglarning xalqaro standartlar asosida faoliyat olib borishini maqsad etgan.