ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI O'QUVCHISI RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETISH UCHUN YO‘LLANMANI QO‘LGA KIRITDI

Fargʻona shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning ochilish marosimida viloyat hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova ishtirok etdi.

Nomzodlar adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, madaniyat, sport va jamoatchilik yoʻnalishlarida oʻz imkoniyatlarini namoyon etdilar.

Belgilangan tartibga koʻra, yakunda tanlov komissiyasi aʼzolari Respublika komissiyasiga eng munosib 21 nafar nomzodni tavsiya etdi.

Quvonarlisi shundaki, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.