Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida so'nggi qo'ng'iroq

Joriy yilning 5-iyun kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Oq yo'l senga bitiruvchi” shiori ostida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqova tadbirni Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning badiiy chiqishlari, qo‘shiq va raqslari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shu bilan birga o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan, tashabbuskorligi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘lgan pedagog ustozlar va faol o‘quvchilar Marg‘ilon shahar hokimligi hamda maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova tashrif buyurgan mehmonlarga maktab nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi va bitiruvchilarga muvafaqqiyat tiladi.