Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Yong'in xavfsizligi oyligi munosabati bilan o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 14-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng  Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizligi oyi doirasida yong‘in  sodir bo‘lganda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. 

Aytish  mumkinki, bu kabi o'quv mashg‘ulotlari o‘quvchilar uchun ancha qiziq bo‘lib, ular o‘zlari uchun zarur bo'lgan amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.