Farzandi Prezident maktabida o‘qiydigan ota-onalar bilan suhbatlashishda davom etamiz

Sohib Artiqov - sartarosh, Dilafruz Raimova   esa uy bekasi. To'rt farzandning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qilishadi. Oilada ikkinchi farzand bo'lgan Sardor Egamberdiyev  Termiz shahridagi Prezident maktabining 6-sinfida tahsil oladi.

-  O'g'limning orqasidan faqat rahmat eshitganmiz, maktabdagi bilimlari bilan o'qishga kirdi.  Kelajakda dasturchi bo’lishni maqsad qilgan, deydi otasi  Sohib aka. 

-  Farzandim o'qishga kirishini ochig'i kutmagan edik. Haqiqat bor ekan, o'qigan bola kirar ekan. Boshqalarga ham nasib qilsin, deydi Dilafruz opa.