Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Tasviriy va raqamli san'at to'garagining ijodkor o'quvchilari  "Qo'shnilar" multifikatsion roligini yaratishdi

Agentligimiz tizimidagi o'quvchilarni maktab davridanoq zamonaviy kasblarga yo'naltirishni maqsad qilganmiz. 

Maktablarimizda o'zining mualliflik loyihalari ustida ishlayotgan ko'plab iste'dodli yoshlar tahsil olayotganidan xursandmiz. 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Tasviriy va raqamli san'at to'garagining ijodkor o'quvchilari  "Qo'shnilar" multifikatsion roligini yaratishdi. 

"Qo'shnilar"ning ssenariydan tortib ovozlashtirish hamda jonlantirish jarayoniga qadar barchasi o'quvchilarimizning  ijod mahsuli.