”Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. Xususan:
-Turkiya Milliy Ta’lim vazirligi bilan talabalar almashinuvi dasturlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish, Kardeş okullar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
-The Times Higher Education tashkiloti bilan “Yangi O‘zbekiston" universitetini dunyoning TOP oliygohlari qatoriga kiritish strategiyalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish;
-Nottingham Trent universiteti bilan ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslari va ESP dasturi;
-Portsmouth universiteti bilan talabalar almashinuvi va rahbar kadrlar uchun leadership kurslari;
-Teamcoach International tashkiloti bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish, seminar-treninglar o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi.