G‘OLIBLARNING USTOZI MOHIRA BOLTAYEVA 118,5 MILLION SO'M PUL MUKOFOTIGA EGA BO‘LDI!

Xalqaro fan olimpiadalari g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Unda yurtimiz sharafini mazkur olimpiadalarda munosib himoya qilgan g'oliblarning ustozlari ham taqdirlandi. 

Ular orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni xalqaro olimpiadalarga tayyorlov treneri Mohira Boltayeva ham bor.

Uning o'quvchilari:
▶️54-Jahon kimyo olimpiadasida 1 ta kumush, 
▶️56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza hamda 
▶️IJSO olimpiadasida 1 ta bronza medalni qo'lga kiritishgan.

⚡️Taqdirlash marosimida Mohira Boltayevaga umumiy hisobda 118,5 million so'm miqdorida pul mukofoti topshirildi.

❗️O'qituvchimizning zahmatli va sharafli mehnatlari munosib taqdirlangani bilan samimiy tabriklaymiz!