Germaniyadagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya vakillari Oʻzbekiston va Bavariya maktablari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, Аugsburg shahrida joylashgan matematika va axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan maktabga tashrif buyurdi.U yerda maktab direktori Mariya Aptzsch uchrashuv oʻtkazildi.

Ushbu uchrashuv davomida nemis tomoniga amalda ish yuritayotgan va yangi tashkil etilgan Prezident maktablari, shuningdek, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning taqdimoti oʻtkazildi.  

 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha takliflar kiritildi.