Google developer groups DevFest-2022: Dunyoning eng taniqli IT mutaxassislari va yirik kompaniyalar vakillari "Yangi O‘zbekiston" universitetida!

Joriy yilning 26-noyabr Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Google kompaniyasi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod IT haftaligi" doirasida yilning eng nufuzli IT tadbirlaridan biri - Google developer groups DevFest-2022 tadbiri tashkil etilmoqda. 

Mazkur tadbir Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetida bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu IT tadbirda o‘z sohasi bo‘yicha taniqli bir qator xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etishmoqda! Ular orasida "Angry birds" o‘yini yaratuvchisi Peter Vesterbacka ham bor.

Shu kuni TechCells, AppliedLabs, EPAM, SSD, Anorbank, OneApp, PVS Studio, Aldo.hire, Plug and Play, RS school, SW Tashkent hamda  Cambridge International university, Turin politexnika universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Kimyo Toshkent xalqaro universiteti va "Yangi O‘zbekiston" universitetining ko‘zgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Yana bir muhim jihat - Google DevFest-2022 tadbiri Google kompaniyasining O‘rta Osiyodagi platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qiladi.