#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
⏺ Ochiq eshiklar kunida:
➖2024/2025-oʻquv yilida oʻquv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan rejalar haqida maʼlumot beriladi;
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) tashkil etiladi;
➖Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
📆 30-avgust.
⏰ Soat 10:00 dan 15:00 gacha.
📍Manzil: Guliston shahri, Navoiy shox koʻchasi, 260a-uy.
Maʼlumot uchun: @InoyatovO