Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida kamondan otish bo'yicha mahorat darslari tashkil etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish  maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ham Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o'quvchilar uchun kamondan otish bo'yicha mahorat darslarini o'tib berishdi.

Qo‘riqlash xizmati kamonchilar guruhi a'zolari va kamondan otish sport turi murabbiyi tomonidan yosh o‘g‘il-qizlarga ushbu sport turining tarixi, musobaqa shartlari, kamon va o‘qning tuzilishi, tarkibiy qismlari, masofadan foydalanish qoidalari haqida mahorat darsi o‘tildi. O‘quvchilar kamondan otish bo‘yicha o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo'lishdi.