“Hamma narsani orzu qilsa boʻladi, ammo muvaffaqiyatni emas. Unga mehnat bilan erishiladi“

 

Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. Nabijonov Ilhomiddin 2018-yil Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari safiga qoʻshilgan. Oʻquvchining til oʻrganishga boʻlgan iqtidori tufayli,yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Nabijonov Ilhomiddinga ijod maktabida moddiy ma maʼnaviy barcha sharoitlar yaratib berilgan . Xususan, ustoz-shogird anʼanasini shakllantirish maqsadida ijod maktabi ingliz tili oʻqituvchisi Qodirova Shahnoza oʻquvchiga biriktirilgan, ular birgalikda xalqaro olimpiadalarga hamda ingliz tilidagi xalqaro malaka sertifikatlarini olish uchun jiddiy tayyorgarlik boshladi. Bu tayyorgarlik natijasi oʻlaroq 2019-yil mart oyida IELTS imtihonini topshirib 7,5 ballni qoʻlga kiritdi. 2019-yil may oyida Toshkent shahrida oʻtkazilgan “FirstMUN konference Among Youth in Tashkent” xalqaro konfirensiyada qatnashdi va “The best delegate” naminatsiyasida gʻolib boʻlgan. 2019-yil iyun oyida dunyo tan olgan TED loyihasining TED-Ed Result klubida qatnashdi va xalqaro sertifikatga ega boʻldi. 2019 yilda 10-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan ingliz tili fan olimpiadasida viloyat bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi, 2020 yil yil 11-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan ingliz tili fan olimpiadasida viloyat bosqichida 3-oʻrinni egalladi. Nabijonov Ilhomiddin 2019-yil ijod maktab direktori Sh.Nurmatovaga ingliz tiliga qiziquvchi yoshlarni ijod maktabida toʻplash va ularni xalqaro konferensiyalarga ishtirok etishlari uchun mashgʻul boʻlishlari uchun klub tashkil qilish gʻoyasi bilan chiqdi. Maktab rahbari uning gʻoyasini qoʻllab quvvatladi va klub faoliyati uchun ijod maktabida sinf xonasi ajratildi. Ilhomiddin klub rahbari sifatida ustozi Sh.Qodirova bilan oʻzi singari yoshlarni safini kengaytirishga harakat qildi va oʻzi singari iqtidorli oʻquvchilardan tashkil topgan 5 nafar klub aʼzosi HIPPO-2020 imtihonini aʼlo darajada topshirib sertifikatga ega boʻldilar.

2020-yil xalqaro universitetlarga bemalol imtihon topshirish uchun xalqaro SAT imtihonini aʼlo darajada topshirib, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi oliy oʻquv yurtlariga talabalik imtihonlarini topshira boshladi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Singapur, Qatar kabi davlatlarga. Nabijonov Ilhomiddin bugunga qadar 17 ta xalqaro OTM ga kirish imtihonlarini topshirdi va barchasiga talabalikka qabul qilindi va ushbu taʼlim muassasalaridan turli xil grantlar taklif qilindi. Eng yuqori taklif qilingan imkoniyat sifatida Amerika universitetidan 108 ming dollar grant miqdorini eʼtirof etish mumkin.
Hozirda u bir paytning oʻzida mamlakatimizdagi xalqaro OTM lardan Ẉebster University in Tashkent, MDIS Tashkent, TEAM University kabi oliygohlarning talabasi boʻldi. 2020–yil may oyida Nabijonov IlhomiddinAndijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabini aʼlo baholarga “Oltin Medal”bilan tamomladi .

2020-yil bahor oylarida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi chogʻida yoshlarni bandlik va ish bilan taʼminlash yoshlar tadbirkorlik sektorlarini yaratishda “Andijon tajribasini “ yaratish maqsadida berilgan koʻrsatmalari asosida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 11-sinfni tugatgan yoshlar uchun mahalliy byudjetdan foizsiz kredit mablagʻlari ajratdi, iqtidorli oʻquvchimiz Ilhomiddin ham bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanish maqsadida bank kreditini oldi va maqsadli tadbirkorlik bilan ham shugʻullanmoqda.