“Yangi O‘zbekiston” universitetining Faxriy рrezidenti Wolfgang Herrmann Prezident maktablari bitiruvchilari hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti haqida (Video)

“Yangi universitet fan va texnologiyaning birinchi darajali markaziga aylanishi, va butun Markaziy Osiyoga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin”

Myunxen Texnika Universitetida 24 yil davomida rektor bo‘lgan, endi esa “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Faxriy рrezidenti”  bo‘lishi ko‘zda tutilgan Wolfgang Herrmann Prezident maktablari bitiruvchilarining bitiruv oqshomida nutq so‘zladi:  

-     Xonimlar va janoblar, ayniqsa siz, Prezident maktabining qadrli bitiruvchilari. Bugun hammamiz uchun quvonchli va butun mamlakat uchun, ayniqsa, bitiruvchilarimiz uchun unutilmas kundir.  Men ularni muvaffaqiyat bilan tabriklamoqchiman va kelajakda omadga erishishlaridan umidvorman.

Biz ilm-fan va texnologiya uzoq vaqtdan beri muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatdan kelganmiz. O'zbekistonda bo'layotgan o'zgarishlardan juda xursandman. Mamlakatingizdagi  fan va texnika, san’at, axborot texnologiyalari borasidagi islohotlar, jumladan Prezident maktablarini tashkil qilish tashabbusiga qoyil qoldim;

Prezident maktablari tashabbusi bilan yangi turdagi Xalqaro universitetga asos solinayotganidan ham quvonchdaman. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar. Bu kabi ishlarni men ilgari dunyoning hech bir mamlakatida ko‘rmaganman. Bu sizning hukumatingiz yoshlarga va mamlakat kelajagiga ishonishini ko‘rsatadi.

Men ushbu maktablarning rivojlantirish Agentligiga samimiy minnatdorchiligimni izhor etishga tayyorman va birinchi navbatda men hurmatli Hilola Umarova  va Samariddin Shamsiyevga  hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizga katta rahmat. Agentlik va hukumat ishonchini oqlaydigan  yuqori professional jamoa tashkil etilgan. Endi yangi universitetining faxriy prezidenti bo‘lish sharafiga ega bo‘lgan o‘zimni qisqacha tanishtirib o‘tishni lozim topdim.

Faxrli vazifa uchun katta raxmat. Men ma’lumotim bo‘yicha kimyogarman, lekin keyingi yillarda meni Myunxen Texnika Universitetiga prezident qilib tayinlashdi va men bu idorani 24 yil davomida boshqarib keldim. Ko‘pchilik bu juda uzoq vaqt deydi, lekin universitetni an’anaviy, ammo muvaffaqiyatli bo‘lgan universitetdan fan va texnologiyaga yo‘naltirilgan  zamonaviy bilim maskaniga  o‘zgartirish kerak edi.

Iqtidori yoshlar haqida qisqacha aytmoqchimanki,  O‘zbekiston mineral boyliklarga boy davlat, sizda juda ko‘p oltin, mis, volfram va davriy jadvalning deyarli ko‘p qismi bor, bu borada sizga havasim keladi,  va ular qayerdadir  yer ostida, va ba’zi joylarda yer ustida uchratasiz.

Mamlakatning eng muhim manbasi bo‘lgan  yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni qo‘llab - quvvatlash va ularni rivojlantirish, jamiyat tomonidan qo‘llab - quvvatlanadigan dono hukumatning burchidir. Bu qator iste’dodlar avval hech kashf qilinmagan edi. Bu bizning jamiyatlarimizning kamchiligidir. O‘zbekistonning yangi etaloni bo‘lgan bu ta’lim tizimi, dunyoning eng yaxshi ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lgan yangi ta'lim tizimi Toshkentda va boshqa joylarda eng yaxshi yosh iste’dodlarni kashf etish va qo‘llab - quvvatlashga kafolatlaydi.

Yangi universitet fan va texnologiyaning birinchi darajali markaziga aylanishi, va butun Markaziy Osiyoga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu maydon Germaniya yoki Evropadan biroz kattaroq bo‘lgan maydondir. Bu haqiqatan ham ichki iqtisodiyotni rivojlantirishga sabab bo‘la olishiga  ishonaman.  Yevropada va dunyoning boshqa mamlakatlarida biz bu borada tajribaga egamiz.  Men boshqargan Universitetga 1868-yilda asos solingan, u  paytda biz qirollik davlati edik. Qirol Lyudvig II Bavariya janubida bu ajoyib qasrni qurgan bo‘lsa ham u yerda hech qachon mehmon bo‘lmagan.

Ma’lumki, mamlakatni faqat oliy ta’limgina qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan mamlakatdan  yuqori texnologiyalar mamlakati darajasiga ko‘tarishi mumkin. Aslida, Bavariya shahri va bizning universitetga ishga qabul qilingan birinchi professorlarimiz borasida omad kulib boqdi. Birinchi professorlardan biri muzlatgichni ixtiro qilgan Karl fon Linde edi. U keyinchalik muvaffaqiyatli bo‘lgan kompaniyaga asos solgan. Bizga birinchi professorlar borasida  omad kulib boqqan bo‘lsa, Sizga birinchi o‘quvchilaringiz borasida omad kulib boqdi.

Endi biz yangi universitetni ishga tushirishimiz uchun a’lo darajadagi fakultetlar, a’lo darajadagi o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni aniqlashimiz kerak. Bu universitet muhim xususiyatlarni o‘zida jamlagan Oliy martabali universitet bo‘lishi kerak. Yangi universitet bakalavr, magistr va aspirantlarni tayyorlaydi. Men,  sizning Buyuk Britaniya, Associated Kembrij universiteti va Texnika universitetidagi shuningdek, xalqaro sheriklaringizni operativ sheriklar deb ishonch bilan ayta olaman.

Xalqaro MTU (Myunxan texnika Universiteti) biz uchun texnologiyani dunyoga uzatish markazi sifatida  katta tajribaga ega bo‘lgan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Myunxen Texnika Universiteti bilan hamkorlik ilmiy hamkorlik, bilimlarni uzatish, iste’dodlarni boshqarish va eko tizimlar start-uplarini  o‘z ichiga oladi. Men 1995 yilda MTU prezidenti bo‘lganimdan beri universitetdan  deyarli hech qanday burilish bo‘lmadi. Bu orada yuzga yaqin yangi kompaniyalar tashkil etildi va ulardan biri 10 yoshli Celonis bo‘lib, Nyu-York fond birjasida 10 milliard dollarlik fondga ega. Ko‘rib turganingizdek, muvaffaqiyat juda tez bo‘lishi mumkin, odatda muvaffaqiyatga sekin erishiladi.

Biror narsa  rivojlanishi uchun vaqt  kerak. Hamma narsa kichik narsadan boshlanadi, lekin uning o‘sish jarayonlari qanchalik faol qo‘llab - quvvatlashimizga, ayniqsa insonlarga bog‘liq bo‘ladi. So‘zim oxirida shuni aytmoqchimanki, yangi universitet jamoasi har kuni shuni yodda tutish kerakki, universitet bu nafaqat hisob - kitob, jihozlar va boshqalardan tashkil topadi. Bu nafaqat professorlar va talabalardan, balki talabalar va professor - o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topadi. Bu o‘zaro munosabatlar yaxshi universitetni yaratish, natijalar dinamizmi  va muvaffaqiyat dinamizmini yaratish retseptidir. Kelajakda bizga universitetni barqarorlashtiradigan kuchli jamoa  kerak bo‘ladi.

Boshlanishi allaqachon juda muvaffaqiyatlidir. Bu - talabalar. Ular allaqachon bor. Hammasi emas, balki asosiy qismi. Sizni yana bir bor tabriklashga, mamlakatni tabriklashga, respublika prezidentini tabriklashga ijozat bering. Men bu yerda o‘rgangan narsalarimdan, rejalar va allaqachon amalga oshirilgan ishlardan hayratdaman. Sizga katta rahmat va kelajakda barchangizga omad tilayman!