HILOLA UMAROVA "MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR A'LOCHISI"!

Kecha Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova  O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining  “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish va Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun  yaratilgan imkoniyat hamda ularni  zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash  borasidagi olib borilgan ishlari hamda islohotlarni hayotga tadbiq etishda jonbozlik ko'rsatayotgani tufayli e’tirof etildi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Hilola Umarovani yuksak ishonch va mukofot bilan muborakbod etadi. 
So'nmas shijoatingiz va kasbga bo'lgan fidoyiligingiz doimo sizga yor bo'lsin!