Hurmatli ota-onalar!

Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablari kirish imtihonlarida sizdan bir necha tartib-qoidalarga rioya qilishingiz so'raladi:

Avvalo, farzandingizning imtihon oldi ovqatlanishiga e'tibor bering. Och qoringa kelish yoki imtihondan oldin og'ir  va yog'li taomlarni iste'mol qilish uning imtihon jarayonida o'zini behuzur his qilishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, imtihonlar ochiq havoda o'tkazilayotganini inobatga olib,  farzandingizning bosh kiyim (kepka)da bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.

Eslatib o'tamiz, imtihon jarayonlarini  test2021.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.