Ijod maktabi bosh tarbiyachisining maqolasi xalqaro ilmiy jurnalda

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bosh tarbiyachisi O‘ktamxon Solievaning “Nega she'r o‘qitamiz” nomli maqolasining ingliz tilidagi tarjimasi Ukrainaning Hmelnitskiy university va Polshaning "iScience"sining hamkorlikdagi  xalqaro ilmiy jurnalida chop etiladi.

 Maqola “Zamonaviy dunyoda yangi tadqiqotlar” ruknining Fevral soniga taqdim etilgan bo‘lib, jurnal ilmiy kengashi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng nashrga tavsiya etildi.