Ijod maktabi o'qituvchisi 100 ballni qo‘lga kiritdi (Video)

Yana bir o'qituvchimiz 100 ballni qo‘lga kiritdi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mashhura Husanova pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish malaka test sinovida qatnashdi. U 40 ta test savolining barchasiga to'liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi. Oliy toifagacha bo‘lgan ilk bosqichda o‘zining yuqori salohiyatini ko‘rsata oldi.