Ijod maktabi o‘quvchisi Misrdagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sevinch Hamroyeva  ayni kunlarda Misr davlatida o‘tkazilayotgan  "Taghrid Fayad Lebanese cultural forum" doirasida  tashkil etilgan Ikkinchi Misr-O‘zbek madaniy kechasida ishtirok etmoqda.

Sevinch forum doirasida tashkil etilgan tanlovda o‘z she'ri bilan ishtirok etib, forumga taklifnomani qo‘lga kiritgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, mazkur forum ilk bora 2005-yilda Misrning Qohira shahrida tashkil etilgan. U Arab dunyosining san'ati, adabiyoti, madaniyati, urf-odatini asrash, targ‘ib qilishni maqsad qilib olgan.