Ijod maktabi o‘qituvchisi "Mard o‘g‘lon" mukofoti bilan taqdirlandi

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Davlatjon Karimov “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlandi.

Davlatjon Karimov “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining xalqaro tajribalar asosida o‘tkazilgan “Ustoz-2020” (Best teacher) tanlovi qatnashchisi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munasabati bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan  “Til borki, millat barhayot” tanlovining g‘olibi, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Zomin seminari” mintaqaviy bosqichi sovrindori. O‘quvchilari fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan.