Ijod maktabida O‘tkir Hoshimov ijodidan videofilm namoyish etildi

 

Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabida O'tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab O'zbekkino Milliy agentligi DUK viloyat bo‘limi tomonidan O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida tayyorlangan videofilm namoyishi o'tkazildi.


Namoyish avvalida ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o'rinbosari Yo. Jamolova "Dunyoning ishlari" asarida ifodalangan g'oyalar, umuminsoniy qadriyatlar haqida gapirib o'tdi.