Ijod maktabiga hujjat topshirganlar diqqatiga!

Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 1-iyul kuni boshlanadi

Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan portal.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
Ijod maktablariga saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi bosqichlarda ballar taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
    1️-bosqich: ijodiy imtihon
    2️-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot fanidan test, chet tili fanidan test)
  2. Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
    1️-bosqich: ijodiy imtihon (Bu bosqich ikki turdan iborat: yozma ish; og'zaki suhbat )
    2️-bosqich: test sinov (chet tili fanidan test, ona tili va adabiyot
    fanidan test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy (ingliz) tilida  o'tkaziladi.