Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining besh nafar o'quvchisining ilk kitoblari nashrdan chiqdi.
Ijod maktabida ushbu yosh ijodkor qizlarning ilk kitob taqdimotlari o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayyid ham ishtirok etdi.
Ijod maktablarida olib borilayotgan bu kabi ishlar o'quvchilarni ruhlantirish bilan birga, boshqa o'quvchi yoshlarning ham adabiyotga, ijodga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.